Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish – deputat e’tibor markazida
🔹Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar doirasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va hududlar iqtisodiy salohiyatini oshirish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
🔹Shu maqsadda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mamirov Yunusali tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi. O`rganishda ishlab chiqarish quvvatlari, investitsiya loyihalari, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda eksport salohiyatini oshirish borasidagi ishlar alohida e’tiborga olindi.
🔹Deputat tadbirkorlar bilan muloqot jarayonida ularning muammolari, taklif va tashabbuslarini tinglab, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta’kidladi.
🔹Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali hududlarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
🔹Deputat tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hudud iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va fuqarolarning turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.