Yangiliklar

#deputat_sorovi

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq, 3-Gulobod saylov okrugiga qarashli “Uzunqishloq” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuv va saylovchilar tomonidan bir qator muammoli masalalar yuzasidan “Uzunqishloq” mahallasi ko‘chalarida ahvol talab darajasida emasligi, yomg‘irli, qorli kunlarda mashinalar yurishi qiyinlashishi, issiq kunlarda chang-to‘zon bo‘lishi bu esa shu yerda yashovchi aholi uchun noqulay holatlarni yuzaga keltirayotganligi sababli ushbu ko‘chalarga asfalt qoplamasi yotqizish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so'rovi yuborildi.

https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi/5064?single