Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so'rovi
янв.21
Ziyokor mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputatlar Sh. Isamutdinov, Sh. Mardonov, kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi, matbuot xizmati xodimi Z. Temirovalar tomonidan shahardagi 14-son maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so'rovi
янв.21
Deputatlik so'rovi
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh.Mardonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Ikromov tomonidan Bobur mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
2-son umumta’lim maktabi oldida joylashgan xiyobon holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxon saroyida amalga oshirilayotgan restavratsiya ishlari joyiga chiqib batafsil o‘rganildi.
янв.21
Davlat xizmatlari hamda FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati oʻrganildi.
янв.21
Deputatlik so'rovi
KENGASH RAISI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI VA ISHSIZ YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

 Oltinsoy tumanida ishsizyoshlarniqo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. 

Mazkur uchrashuv Tog‘ay Murod mahallasida joylashgan “Oltinsoy Biznes Magnat” MChJ hududida o‘tkazilib, unda tuman hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori Ravshan Turdiyev, DXX tuman bo‘limi boshlig‘i J. Najmitdinov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarga limonchilikka ixtisoslashgan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

Shu bilan birga, yoshlarni kasb-hunar o‘rganishga jalb etish, o‘z biznesini tashkil etish orqali doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. 

Mutasaddilar tomonidan yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 8