Deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
Xalq deputatlari Qo'shko'pir tuman Kengashi deputati Artikova Oybibi Sa’dullayevna tomonidan joriy yilning fevral oyida Polvon-G‘ozovot irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga yo‘llangan deputatlik so‘rovi yuzasidan soha mutaxassislari tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur murojaat asosida ko‘tarilgan masalalar ijobiy hal etilib, ayni paytda belgilangan chora-tadbirlar doirasida amaliy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Deputatlik nazorati institutining samarali ishlashi hududlarda mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal qilish hamda sohada ochiqlik va mas’uliyatni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.