Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi Nodir Eshmurodovning Kogon shahar mahalliy budjetining 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglanmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 24-sessiyasi o‘z ishini yakunladi.
янв.21
🔹 XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHINING YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI O‘Z ISHINI BOSHLADI.
янв.21
Kogon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi oldi doimiy komissiyalarining yig‘ilishi
янв.21
⚡️Munosabat⚡️
янв.21
📍Deputat qabuli 📍
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Mirshakar Muzaffarovich To‘raboyevning qabul bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri-deputat Sh.Isamutdinov tomonidan Kogon shahar maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.
янв.21
⚡️Munosabat⚡️
янв.21
⚡️MUNOSABAT⚡️
Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi deputati A.Axmadaliyev Poytug‘ shahrida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ida mavjud attraksionlarning yangi mavsumga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi. Jarayonda bog‘ hududida faoliyat yuritayotgan barcha ko‘ngilochar qurilmalarning texnik sozligi, xavfsizlik talablariga javob berishi hamda sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

O‘rganish davomida attraksionlarning mexanik qismlari, elektr ta’minoti tizimi, muhofaza vositalari va bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan jihatlar ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, bog‘ hududini obodonlashtirish, yashil maydonlarni parvarishlash, o‘rindiqlar va yoritish chiroqlarining holatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1