Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri-deputat Sh.Isamutdinov tomonidan Kogon shahar maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.
янв.21
⚡️Munosabat⚡️
янв.21
⚡️MUNOSABAT⚡️
янв.21
⚡️ Hashar elga yarashar !⚡️
янв.21
Kuni kecha Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Ramazon oyi davomida bozorlarda narx-navoni barqarorlashtirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.
янв.21
⚡️⚡️Deputatlik tafsiyalari asosida nazorat dadbirlar
янв.21
⚡️⚡️Xalq murojaati e'tiborsiz qolmadi
янв.21
Aniq tafsiyalar asosida ishlar davom etmoqda
янв.21
O'rganishlar davomida
янв.21
Eng muhim tafsiylar asosida deputatlar o'rganishda...
Mahallani obodonlashtirish va tomorqa madaniyatini shakllantirish — deputat nazoratida

Yurtimizda mahalla instituti jamiyat taraqqiyotining muhim bo‘g‘ini sifatida alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa,xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S.Nurmamatova tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari mahallalarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 

Bugun mahallada obodonlashtirish ishlari va tomorqa madaniyatini shakllantirish masalalari deputat nazoratiga olingani aholi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Obod mahalla — bu shinam ko‘chalar, sarishta hovli, gullab-yashnagan daraxtlar va ozoda atrof-muhit demakdir. Shu maqsadda:

Ko‘chalarni tozalash va obod qilish ishlari tizimli ravishda tashkil etilmoqda;

Yashil hududlarni kengaytirish, manzarali va mevali ko‘chat ekishga alohida e’tibor qaratilmoqda;

Har bir xonadon tomorqasidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak va tushuntirish ishlari olib borilmoqda;

Namunali, ozoda va serhosil tomorqa egalari e‘tirof qilinmoqda.

Slide 1 of 4