Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuni kecha Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Ramazon oyi davomida bozorlarda narx-navoni barqarorlashtirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.
янв.21
⚡️⚡️Deputatlik tafsiyalari asosida nazorat dadbirlar
янв.21
⚡️⚡️Xalq murojaati e'tiborsiz qolmadi
янв.21
Aniq tafsiyalar asosida ishlar davom etmoqda
янв.21
O'rganishlar davomida
янв.21
Eng muhim tafsiylar asosida deputatlar o'rganishda...
янв.21
Deputatning muhim tafsiyalari
янв.21
Tafsiyalar asosida muhim yo‘nalishlar
янв.21
✅ Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2025-yil yakunlari bo'yicha sarhisobi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

"Mirishkor" mahallasi hududida joylashgan 9-oilaviy poliklinikada, deputat Gulsara Rizayeva hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. 

Unda tibbiyot xodimlari hamda fuqarolarga so‘nggi vaqtlarda ko‘payib borayotgan internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsiz foydalanish hamda turli zararli havolalar orqali amalga oshirilayotgan jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslik, noma’lum raqam va havolalarga ishonmaslik, bank kartalari rekvizitlarini oshkor qilmaslik zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, real hayotiy misollar orqali kiberjinoyatchilar qo‘llayotgan usullar haqida ogohlantirilib, bunday holatlarga duch kelganda darhol huquq-tartibot organlariga murojaat qilish tavsiya etildi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri aholining axborot xavfsizligi madaniyatini oshirish hamda kiberjinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3