Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Deputat mahallada” targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

“Deputat mahallada” targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

         Joriy yilning 5-fevral kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashi deputati O‘. Cho‘tboyev, “Do‘stlik” MFY raisi A. Abdurahimov hamda mahalla faollari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. 

        Tadbir davomida davlatimiz rahbari tomonidan Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Unda belgilab berilgan barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, jamiyat
xavfsizligini mustahkamlash, ta’lim tizimi sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. 

        Shuningdek, mahallada to‘y-hashamlar va boshqa oilaviy marosimlarni ixchamlashtirish, ajrimlarning oldini olish, shar’iy nikoh, voyaga yetmaganlar hamda qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni
amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Slide 1 of 1