Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Senatda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari va hokimlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi (https://senat.uz/events/post-4592)
янв.21
Хalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Djo‘ra To‘raevich boshchiligida Abdulla Qodiriy MFY aholisini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Amirbek Yunusovich hamda Gulam Baratovichlar boshchiligida Kogon shahridagi “Zirabot” mahalla fuqarolar yigʻinida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida “Mahalla obodligi — yurt obodligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A.Yangiyev hamda deputati D.Raximovalar Prezidentimiz murojjatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh.Mavlonov tashabbusi bilinq "14- Yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Kogon shahar 5-IDUMda "Yosh gvardiyachi" sinfi o'quvchilari bilan birgalikda "Yangi O'zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
янв.21
🔹 XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI
янв.21
NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT” SOATI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputatingizni Tanib Oling  Kogon shahar
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
🧑‍💼Quvvatov Farxod Sadriddinovich
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova

#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni yuzasidan muloqot o‘tkazildi.

Suhbat davomida ro‘yxatga olish jarayonining davlat va jamiyat hayotidagi muhim o‘rni, xususan, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasini yaxshilashdagi ahamiyati haqida batafsil tushuntirish berdi.

Deputat ro‘yxatga olish natijalari asosida hududlarning real ehtiyojlari aniqlanishi, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan samarali dasturlar ishlab chiqilishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarini yanada takomillashtirish imkoniyati kengayishini alohida ta’kidladi. 

Uchrashuvlar davomida aholi tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, fuqarolarni ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2