Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA VA NAZORATDA
янв.21
⚡️⚡️⚡️ NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT” SOATI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Kogon shahar  "A.Qodiriy" MFY da Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Xayrullo Amonov hamda tegishli ma'sullar bilan birga aholi o'ttasida qabul bo'lib o'tdi.
янв.21
#yalpi_majlis_13
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan birgalikda qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8919)
янв.21
O‘zbekiston va Pokiston hamkorligining yagni imkoniyatlari
янв.21
HAR BIR MUROJAAT ETIBORDAN CHETTA EMAS
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Mamedov Mustafo Sodiqovich tomonidan belgilangan dastur asosida ish olib borilmoqda.
янв.21
MUROJAAT YECHIMI MUHOKAMADA
янв.21
AHOLI MUROJAATLARINI O‘RGANISH YO‘LIDA
XALQ DEPUTATLARI TAXIATOSH TUMAN KENGASHINING 17-SESSIYASI

Barchangizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi 120-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylangan rais raislik qilishi hamda viloyat, tuman va shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Kengash raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyaning o‘tish qoidalariga asosan ushbu tartib bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Xususan, 2026 yil 1 yanvardan boshlab ushbu amaliyot barcha tuman (shahar) Kengashlariga tatbiq etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, bugun "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 163-moddasida belgilangan tartibda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining saylovi o‘tkazildi.

Saylov natijalariga ko‘ra, Xidirbayev Rashid Xidirbayevich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining raisi etib saylandi.

Yangi saylangan Kengash raisining faoliyati mahalliy vakillik organining nufuzini oshirish, deputatlar va jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 1