♻️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov "Xo‘ja"mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
📝O‘rganish davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarning amaliy natijalari batafsil ko‘rib chiqildi.
🔰Deputat mahalla faollari va mas’ul mutasaddilar bilan suhbatlashib, amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha axborot oldi hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga oid taklif va tavsiyalarini bildirdi.
✅O‘rganish yakunida Elyorjon Saidov belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.