Jazoni ijro etish departamenti 3-son mintaqaviy hudud 29-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvda jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkumlarga yurtimizda olib borilayotgan bugungi islohotlar rivoji va kechayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bir qator yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.