Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatingizni Tanib Oling  Kogon shahar
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
🧑‍💼Quvvatov Farxod Sadriddinovich
янв.21
#yalpi_majlis_12 Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi (https://senat.uz/plenary-sessions/post-4533) takomillashtirilmoqda
янв.21
NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT” SOATI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
#️⃣ #DeputatingizniTanibOling  #Kogon shahar
янв.21
Kogon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi oldi doimiy komissiyalarining yig‘ilishi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh.Isamutdinov, A.Ergashev hamda Sh.Mavlonovlar Kogon shahar maktabgacha va maktab ta'lim bo'limiga qarashli 5-IDUMda bo'ldilar.
янв.21
Xalq deputatlar Kogon shahar Kengashi deputati A.Ergashev boshchiligida “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beynau” avtomobil yo‘lining Kogon shahar hududidan o‘tuvchi qismida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, qurilish ta’sir doirasiga tushgan daraxtlarni ko‘chirish masalasi yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limiga kelib tushgan ariza asosida Kogon shahar partiya tashkiloti bilan hamkorlikda jamoatchilik o‘rganishi o‘tkazildi.
Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Olmazor tuman Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Yangi Asr universitetida "Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekiston Ekologik partiyasi Olmazor tuman partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Shaxnoza Umarxodjayeva bosh qomusimizda belgilangan ekologik normalar, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid huquq va majburiyatlar, amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, inson huquq va erkinliklarining mustahkamlanishi haqida talabalarga batafsil tushuntirish berdi. 

Shuningdek, suhbat davomida talabalar ekologik barqarorlikni ta’minlashga doir qonunlarning ijrosi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va bu boradagi xalqaro tajriba haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Atrof-muhit himoyasi – Konstitutsiyaviy burchimizdir!

Slide 1 of 5