Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🧑‍💼Quvvatov Farxod Sadriddinovich
янв.21
#yalpi_majlis_12 Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi (https://senat.uz/plenary-sessions/post-4533) takomillashtirilmoqda
янв.21
NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT” SOATI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
#️⃣ #DeputatingizniTanibOling  #Kogon shahar
янв.21
Kogon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi oldi doimiy komissiyalarining yig‘ilishi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh.Isamutdinov, A.Ergashev hamda Sh.Mavlonovlar Kogon shahar maktabgacha va maktab ta'lim bo'limiga qarashli 5-IDUMda bo'ldilar.
янв.21
Xalq deputatlar Kogon shahar Kengashi deputati A.Ergashev boshchiligida “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beynau” avtomobil yo‘lining Kogon shahar hududidan o‘tuvchi qismida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, qurilish ta’sir doirasiga tushgan daraxtlarni ko‘chirish masalasi yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limiga kelib tushgan ariza asosida Kogon shahar partiya tashkiloti bilan hamkorlikda jamoatchilik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlar Kogon shahar Kengashi deputati A.Ergashev boshchiligida shahar politexnikumida ishchi-xodimlari ishtirokida 11-dekabr “Xalqaro tog'lar kuni” munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
🧑‍💼Raximova Dilfuza Tog‘oydulloevna 📅 1971-yilda Buxoro viloyati Kogon tumanida tug’ilgan.
Zarbdor tuman deputati viloyat bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladi

Jizzax viloyatida “Eng faol deputat” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Tanlovda tuman va shaharlardan saralangan eng faol deputatlar ishtirok etib, o‘zlarining tashabbuskorligi, saylovchilar bilan ishlashdagi samaradorligi hamda jamoatchilik orasidagi faolligi bo‘yicha bellashdilar. Baholash jarayonlari nizom talablariga muvofiq, ha’kamlar hay’ati tomonidan odilona amalga oshirildi.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli tanlovda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Xudoyarova Gulzoda Fayzullayevna munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Deputatning aholining murojaatlari bilan ishlashdagi tizimli yondashuvi, ijtimoiy masalalarni hal etish borasidagi amaliy ishlari hamda tashabbuskorligi hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, faoliyati samarali deb topilgan tuman va shahar kengashlariga kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi nomidan deputatimiz Xudoyarova Gulzoda Fayzullayevnani ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 

Slide 1 of 5