Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?
янв.21
MUROJAAT E’TIBORSIZ QOLMAYDI
янв.21
Sessiya ishida Kogon shahar Kengashi Xalq deputatlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
янв.21
🔹 XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI O‘Z ISHINI BOSHLADI.
янв.21
AHOLINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH JARAYONDA
янв.21
AMALDAGI ISHLAR NAZORATDA
янв.21
Senatda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari va hokimlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi (https://senat.uz/events/post-4592)
янв.21
Хalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Djo‘ra To‘raevich boshchiligida Abdulla Qodiriy MFY aholisini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Amirbek Yunusovich hamda Gulam Baratovichlar boshchiligida Kogon shahridagi “Zirabot” mahalla fuqarolar yigʻinida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida “Mahalla obodligi — yurt obodligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A.Yangiyev hamda deputati D.Raximovalar Prezidentimiz murojjatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Konstitutsiya kuni munosabati bilan 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bayram tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tantanali bayram konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Saidova Nigora Rajaboyevna ham ishtirok etdi. Deputat bayram munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini samimiy tabriklab, Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi muhim o‘rni, yoshlar ongida konstitutsiyaviy qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi haqida so‘z yuritdi.

Bayram tadbirida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar, kuy va qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarga yuksak kayfiyat, faxr va g‘urur tuyg‘usini ulashdi.

Slide 1 of 6