Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA VA NAZORATDA
янв.21
⚡️⚡️⚡️ NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT” SOATI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Kogon shahar  "A.Qodiriy" MFY da Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Xayrullo Amonov hamda tegishli ma'sullar bilan birga aholi o'ttasida qabul bo'lib o'tdi.
янв.21
#yalpi_majlis_13
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan birgalikda qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8919)
янв.21
O‘zbekiston va Pokiston hamkorligining yagni imkoniyatlari
янв.21
HAR BIR MUROJAAT ETIBORDAN CHETTA EMAS
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Mamedov Mustafo Sodiqovich tomonidan belgilangan dastur asosida ish olib borilmoqda.
янв.21
MUROJAAT YECHIMI MUHOKAMADA
янв.21
AHOLI MUROJAATLARINI O‘RGANISH YO‘LIDA
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-Boʻston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich oʻzi saylangan okrugdagi “Qirg`isovul” mahallalasida bo‘lib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faolining axoli bandligi masalasida bajargan ishlari bilan yaqindan tanishdi. Oʻrganish jarayonida “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan hududda tashkil etilgan loyihalar o‘rganildi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari yuzasidan fuqarolarga berilgan kredit mablagʻlarni maqsadli va manzilli ajratilgani bo`yicha nazorat-taxlil o`tkazdi. Oʻrganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida berilgan imtiyozli kreditlar bevosita joyiga chiqib oʻrganildi hamda har bir loyiha samarali faoliyat yuritayotgani aniqlandi. 

Slide 1 of 6