Pedagogik mahorat markazida Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Korrupsiya–millat kelajagiga tahdid” mavzusida oʻquv-seminar boʻlib o'tdi.
✍️ Tadbirda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D.Adizova, IIO FMB 1-son IIB HPB boshlig‘i, kapitan Umid Bo‘riyev hamda katta leytenant Nazira Sadullayevalar oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
✅ Ma’ruzachilar korrupsiyaning jamiyat rivojiga eng katta putur yetkazuvchi illat ekanligini, uning davlat boshqaruvi va iqtisodiy sohada adolatsizlikni kuchaytirib, xalq xo‘jaligining barcha tizimini izdan chiqarishini ta'kidladilar.
✅ Shuningdek, korrupsiyaga doir jinoyatlar va ularning oqibatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.