35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mazkur qaror bilan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha o‘z saylovchilari oldida hisobot berishini tashkil etish belgilandi.
янв.21
Mazkur qarorda deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida bolalar onkologik kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, mas’ullar hisoboti qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, hisobot natijalari qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda shaharda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida 2026-yil davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha avval tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritildi
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi qarorida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlari va jamoat xavfsizligi holati tanqidiy muhokama qilindi.
Doimiy komissiya yig'ilishi

Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Samarqand tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Jumayevning “Samarqand tumanida 2023-yilning 10 oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti, Samarqand tumani Telekommunikatsiya bog‘lamasi boshlig‘i F.Sharopovning “Axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, aholining internet tarmoqlaridan erkin va tezkorlik bilan foydalanishiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi to‘g‘risida”gi hisoboti hamda Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Maxmudovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisobotlari sessiaydan oldin Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyalari ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, muhokama davomida tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Umarov, va doimiy komissiya raislari kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Slide 1 of 1