Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
Aziz – ustozlar, Sizlar doim ardog‘imizdasiz!

Aziz – ustozlar, Sizlar doim ardog‘imizdasiz!

 Farg‘ona viloyatidan Oliy Majlis senati huzuridagi "Yoshlar parlamenti" ilm-fan, madaniyat va turizm masalalari komissiyasi a’zosi Fayzullo Mirzayev, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimov hamda O‘zbekiston Adolat SDP Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovalar tomonidan 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Farg‘ona tumani hududidagi 55-sonli umumta’lim maktabida faoliyat olib borayotgan ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab hamda “Adolat” SDPsining faollari va aynan shu maktabning ustozlaridan 2 nafarlariga estalik sovg‘alari topshirildi. 

Ajdodlarimiz yaxshidan bog‘ qolar, deya ta’kidlaganlaridek, ustozlardan nafaqat yaxshi nom, balki bog‘ ham qoldirdimoqdalar.Ustozlarimizga uzoq yillar o‘zlarining ilmlari, pand-nasihatlari, maslahatlari va duolari bilan yoshlarimizga o‘rnak va tirgak bo‘lishlarini, o‘zlari sevgan mas’uliyatli va mashaqqatli kasblarida muvaffaqiyatlar va eng avvalo har bir inson uchun zarur bo‘lgan sog‘lik-salomatlik tilab qolamiz.

Slide 1 of 1