Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan mazkur mahalla hududida juda ko‘p yillik chinor darahtlari mavjudligi, ushbu chinor darahtlarini tadbirkorlar tomonidan asossiz kesib tashlash holatlari kuzatilayotganligi hamda ularni asrab qolish, ekologik holatni barqarorlashtirish va tabiatni asrash maqsadida darahtlarni xatlovdan o‘tkazib, pasportlashtirish yuzasidan murojaat qilindi.

Murojaatda hududdagi ko‘p yillik chinor darahtlarini noqonuniy kesilishidan muhofaza qilish hamda atrof-muhitni asrab-avaylash uchun amaliy choralar ko‘rilishi so‘ralgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:
Qo‘qon shahar “Davronbek” MFY aholisi murojaati bo‘yicha mahalla xududidagi ko‘p yillik chinor darahtlarini asrab qolish yuzasidan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar ijrosi bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rilishini ma’lum qilish;
“Davronbek” MFY xududidagi ko‘p yillik chinor darahtlarini asrab qolish va ekologik holatni barqarorlashtirish yuzasidan ularni xatlovdan o‘tkazish hamda pasportlashtirish ishlari qachon amalga oshirilishi bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etilishi hamda murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2