Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
DEPUTAT SO‘ROVLARI IJROSI O‘RGANIB CHIQILMOQDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan deputatlar tomonidan yuborilgan so‘rovlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan bo‘lim va boshqarmalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi o‘rganish Andijon shahar Ekologiya bo‘limida o‘tkazilib, shahar Kengashi deputati A. Appaqov tomonidan “Xo‘tanariq” MFYda yashovchi fuqarolarning murojaati yuzasidan yuborilgan deputat so‘rovi ijrosi ko‘rib chiqildi.

Mazkur so‘rovda hududdan oqib o‘tuvchi “Xo‘tanariq” kanalini tozalash hamda chiqindi tashlash holatlarini o‘rganib, vakolat doirasida tegishli choralar ko‘rish masalasi ko‘tarilgan.

O‘rganish davomida Ekologiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M. Zohidov mazkur masala joyiga chiqib o‘rganilganini ma’lum qildi. Hozirda deputat so‘roviga yakuniy javob xatini taqdim etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Slide 1 of 1