Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Kengash_faoliyati

Deputat X.Abdimo‘minov 1-Bandixon saylov okrugi saylovchilariga yarim yillik hisobotini taqdim etdi

Bandixon tumanida xalq vakillarining saylovchilar oldidagi hisobdorligini ta’minlash, hududlardagi muammolarni bevosita joyida o‘rganib, ijobiy yechim topish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati X.A.Abdimo‘minov "Bandixon" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda deputatning 2026-yilning II yarim yilligida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobotda deputatlik faoliyatining ustuvor 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish va aholi farovonligini ta’minlash borasida bajarilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Deputat tomonidan fuqarolarning savollariga javob berilib, kelib tushgan barcha murojaat va takliflar ijro uchun deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 8