Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
MAHALLALARDAGI DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 6-Xo‘japorso saylov okrugi deputati G‘.Madumarov tomonidan Xo‘japorso va Zuhro mahallalarida o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida, avvalo, Xo‘japorso mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va ularni manzilli hal etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Zuhro mahallasida esa shahar hokimi E. Rustamov hamda deputat M. Mirzayev hamrohligida mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, hududni obodonlashtirish hamda ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish masalalari o‘rganildi.

Aholi uchun qulay va xavfsiz shart-sharoit yaratishda ichki yo‘llarning sozligi hamda ko‘chalarning yetarli darajada yoritilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois o‘rganish davomida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Deputat tomonidan mahallalarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar saylovchilar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash, ularning yechimiga erishish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3