Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
DEPUTAT ARALASHUVI NATIJASIDA ZAMONAVIY CHIQINDI TASHLASH SHOXOBCHASI BARPO ETILDI

DEPUTAT ARALASHUVI NATIJASIDA ZAMONAVIY CHIQINDI TASHLASH SHOXOBCHASI BARPO ETILDI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev tomonidan Qorasaroy MFY hududida aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish, sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash yuzasidan olib borilgan ishlar natijasida navbatdagi amaliy natijaga erishildi.

📍Jumladan, 159-sonli umumta’lim maktabi yonida joylashgan eski modul ko‘rinishidagi chiqindi tashlash shoxobchasi o‘rniga deputat aralashuvi va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda zamonaviy talablarga javob beradigan, tashqi ko‘rinishi va foydalanish qulayligi jihatidan yangilangan 107-sonli chiqindi tashlash shoxobchasi qurib bitkazildi.

☘️ Mazkur yangi shoxobchaning barpo etilishi hududda sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni tartibli joylashtirish hamda atrof-muhit obodligini ta’minlashga xizmat qiladi.

📌 Deputatning aholi murojaatlari va hududdagi mavjud masalalarni o‘rganishi hamda ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishi amaliy natijalar bilan davom etmoqda.


👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 5