35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Boyqo‘rg‘on mahallasida temir yo‘l bo‘yidagi aholi xavfsizligi masalasi deputatlik so‘rovlari orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Boyqo‘rg‘on mahallasida temir yo‘l bo‘yidagi aholi xavfsizligi masalasi deputatlik so‘rovlari orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sadriddin Turabjanov tomonidan Yashnobod tumani “Boyqo‘rg‘on” mahallasidagi Temiryo‘l ko‘chasining temir yo‘lga tutash qismida aholi xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

📨 Deputatlik so‘rovlari Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Baxtiyev hamda Toshkent Mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘i O.N. Xudoyqulov nomiga yo‘llandi.

📩 Mazkur masala “Boyqo‘rg‘on” mahallasida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan. Murojaatlarda Temiryo‘l ko‘chasining temir yo‘lga tutash qismida zarur muhofaza to‘siqlari mavjud emasligi sababli aholi, ayniqsa yosh bolalar va piyodalarning xavfsizligi bilan bog‘liq jiddiy xavotirlar mavjudligi bildirilgan.

🔎 Shuningdek, mazkur muammo yuzasidan 2026-yil 5-avgust kuni Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi tomonidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga 50-kx-422-26-sonli murojaat ham yuborilgan. Shundan so‘ng masala joyiga chiqib o‘rganilib, Temiryo‘l ko‘chasining temir yo‘lga tutash ayrim qismlarida panjara, yevrozabor yoki boshqa turdagi muhofaza to‘siqlari mavjud emasligi, natijada fuqarolarning temir yo‘l hududiga erkin kirib qolish xavfi yuqoriligi aniqlangan.

🔺 O‘rganish davomida ushbu uchastkaning bir tomonida muhofaza panjarasi o‘rnatilgani, boshqa qismida esa bunday himoya vositalari mavjud emasligiga ham e’tibor qaratildi. Shu sababli hududda xavfsizlik choralarini yaxlit tarzda tashkil etish zarurati yuzaga kelgan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Sadriddin Turabjanov “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan mutasaddi tashkilotlar oldiga Temiryo‘l ko‘chasining temir yo‘lga tutash qismida zarur muhofaza to‘siqlarini o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqish masalasini qo‘ydi.

🚉 Deputatlik so‘rovlarida Salor stansiyasining 3365-kilometr 2–10-piketlari oralig‘iga muhofaza panjarasi o‘rnatish, shuningdek, 3365-kilometr 6-piketida joylashgan piyodalar yo‘lakchasini ta’mirlash masalalarini o‘rganib, tegishli amaliy choralarni ko‘rish so‘ralgan.

📉 Bundan tashqari, agar mazkur uchastkada muhofaza to‘siqlarini o‘rnatish nazarda tutilmagan bo‘lsa, temir yo‘lning bir tomonida muhofaza panjarasi qanday asoslarda o‘rnatilganiga aniqlik kiritish hamda hududda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asoslantirilgan munosabat bildirish talab etildi.

⏳ Deputatlik so‘rovlarida Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Baxtiyev hamda Toshkent Mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘i O.N. Xudoyqulovdan o‘rganish natijalari, ko‘riladigan choralar va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda tegishli ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masala deputat Sadriddin Turabjanov tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, asosiy e’tibor temir yo‘lga tutash hududda fuqarolar, ayniqsa bolalar va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1