35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni ijrosi doirasida mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada oshirish,boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini ta’minlash maqsadida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Qizilsoy” mahallasida “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan ishlash holati o‘rganildi.O‘rganish davomida “Qizilsoy” MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Sultonov Dilshod Mamurovichning ish faoliyati,aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ularning muammolarini aniqlash va hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.Nazorat tadbiri davomida yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda yetkazib berish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish natijalariga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan ishlash doirasida: 3 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroning ta’limga jalb etilishi va bandligi ta’minlangan; 1 nafar fuqaroga jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash bo‘yicha yordam ko‘rsatilgan; 3 nafar fuqaro reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlangan;10 nafar kam ta’minlangan oilaga oziq-ovqat,kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha yordam ko‘rsatilgan;2 nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlash, shuningdek,o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich bartaraf etish,aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mahallada ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan “Mahalla yettiligi” faoliyati ustidan deputatlik nazorati hamda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 4