35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 17-21-AVGUST KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

#Haftalik_ish_reja

XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 17-21-AVGUST KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

Hisobot, (axborot)lar va muhokamalar

Mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risida, tuman salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy budjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risidagi masalani sessiyada muhokama qilish.
(Mas’ul: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar bo‘yicha doimiy komissiya)

2026-yilning II choragi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Payariq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti to‘g‘risidagi masalani sessiyada muhokama qilish.
(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

Payariq tumanida obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan kо‘rsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi olib chiqish xizmatlari uchun tо‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash tо‘g‘risidagi masalani sessiyada muhokama qilish.
(Mas’ul: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar bo‘yicha doimiy komissiya)

Qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan maydonlardan yanada samarali foydalanish, foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritish yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari M.Alibekovning hisoboti to‘g‘risidagi masalani sessiyada muhokama qilish.
(Mas’ul: Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1