35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
“39-Minor” saylov okrugida bolalar va sport maydonchalarini rivojlantirish masalalari deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “39-Minor” saylov okrugida bolalar va sport maydonchalarini rivojlantirish masalalari deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining “39-Minor” saylov okrugi deputati Nigora Eshmetova tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlari va mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilgan o‘rganishlar hamda aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida Yunusobod tumani hokimi A.Saidaliyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 O‘rganishlar davomida “Xiyobontepa”, “Bodomzor” va “Otchopar-2” mahallalarida bolalar hamda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi uchun zarur infratuzilmani yaxshilash, mavjud sport obyektlarini ta’mirlash va yangi maydonchalar tashkil etish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarilgan.

🔺 Xususan, “Xiyobontepa” MFY hududidagi Bog‘ishamol ko‘chasi, 57/7-uy oldiga zamonaviy vorkaut (Workout) jamlanmasini o‘rnatish, “Bodomzor” MFYda bolalar maydonchasi mavjud emasligini inobatga olib, yangi zamonaviy bolalar maydonchasini barpo etish masalalarida amaliy yordam so‘ralgan.

🔎 Shuningdek, “Otchopar-2” MFY hududidagi Otchopar ko‘chasi, 80-uy ro‘parasida joylashgan ta’mirtalab kichik futbol maydonchasini rekonstruksiya qilib, bolalar va yoshlar uchun zamonaviy futbol maydoniga aylantirish masalasi ham deputatlik so‘rovida alohida ko‘tarildi.

🌳 Shu bilan birga, Shivli va Qozitarnov ko‘chalari kesishmasida vorkaut sport maydonchasi tashkil etish uchun yer maydoni ajratish va mazkur obyektni qurish, Shivli va Oqqorg‘on ko‘chalari kesishmasida aholi tomonidan noqonuniy egallangan yer maydonlari o‘rnida bolalar maydonchasi tashkil etish uchun tegishli yer maydonini tasdiqlash hamda yangi maydoncha barpo etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘raldi.

📉 Deputat Nigora Eshmetova 424-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidagi bolalar maydonchalarini ham zamonaviy o‘yin va sport jihozlari, arg‘imchoqlar, tebranish moslamalari hamda turli o‘yin majmualari bilan jihozlash masalasini ko‘tardi.

📝 Shu munosabat bilan deputat tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Yunusobod tumani hokimi A.Saidaliyevdan ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, ularni hal etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda mazkur ijtimoiy soha obyektlari va mahallalardagi muammolar Yunusobod tumanining yaqin istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan yoki kiritilmaganligi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

⏳ Deputatlik so‘rovida o‘rganish natijalari, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar va tegishli dasturlarga kiritilishi bo‘yicha ma’lumotlarni 10 kun muddatda taqdim etish belgilangan.

🤝 Mazkur masalalar deputat Nigora Eshmetova tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1