35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
DEPUTAT BOSHLIG‘IDA YANGI ZAMON MAHALLASIDA TARG‘IBOT VA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🚦 DEPUTAT BOSHLIG‘IDA YANGI ZAMON MAHALLASIDA TARG‘IBOT VA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev boshchiligida Mirobod tumanidagi “Yangi Zamon” mahallasida Yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda “Adolat” SDPning “Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati!” loyihasi doirasida aholi, mahalla faollari va ko‘chaboshilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🚘 Muloqot davomida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, mahalla ichki ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlar va bolalarda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar yo‘llarda o‘zaro hurmat, hushyorlik va ehtiyotkorlikka amal qilishga, farzandlarga yo‘l harakati qoidalarini muntazam tushuntirib borishga chaqirildi.

🔎 Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududdagi ichki ko‘chalar holati, tungi yoritish tizimi, transport harakati, tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nuqtalarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Aholi va ko‘chaboshilarning bu boradagi fikr-mulohazalari tinglanib, tegishli masalalarni mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🤝 Tadbirda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Firuza Muxitdinova ham ishtirok etib, mahalladagi faollar bilan hudud obodligi, jamoat xavfsizligi, aholi bilan tizimli ishlash va mavjud muammolarni joyida o‘rganish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔺 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mahalla hayotida faol ishtirok etib, hudud ozodaligi, obodonligi va aholi bilan hamjihatlikda ishlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan “Yangi Zamon” mahallasining fidoyi ko‘chaboshilari e’tirof etildi.

🗣 Uchrashuv davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari asosida yoshlar bandligi, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya, xotin-qizlar bilan ishlash, ichki yo‘llar va ko‘chalarni yoritish, kommunal xizmatlar, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, jamoat transporti, hudud obodonligi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish kabi aholi hayotiga bevosita daxldor masalalarga ham e’tibor qaratildi.

💡 Toshpo‘lat Matibayev mahalladagi muammolarni samarali hal etishda deputat, mahalla faollari, ko‘chaboshilar va fuqarolarning o‘zaro hamkorligi muhim ekanini ta’kidlab, aholi bilan ochiq muloqotlarni davom ettirish hamda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

✨ Yo‘l harakati xavfsizligi, mahalla obodligi va fuqarolar osoyishtaligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5