35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Hududlarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi 19-avgust, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

#sessiya #poytaxtdeputatlari

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi 19-avgust, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

🏛 Toshkent shahar Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan;

🔺 “Xalq nazorati” elektron platformasi orqali yuborilgan xabarlar hamda ularning ko‘rib chiqilishi holati to‘g‘risida 2026 yil II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqida;

🔺 Toshkent shahrida ichimlik suvi, issiq suv, elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minoti holati, tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati, kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasidagi ishlar holati hamda kuz-qishga tayyorgarlik holati (isitish tizimi), ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlarida (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, oliy ta’lim, tibbiyot muassasalari) amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda hamda mavjud muammolarining hal etilishida ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida 2026-yil II chorakda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida 2030-yilga qadar barpo etiladigan gastronomik va turizm, soyali sayr va tun-u kun ishlaydigan koʻchalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahri mintaqaviy vakilining 2026-yil birinchi yarim yilligida inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risidagi ma’ruzasi haqida;

🔺 Toshkent shahrida 2026-yil birinchi yarim yilligida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi, avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida 2026-yilning ikkinchi choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi hamda 2026-yil birinchi yarim yilligida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi rahbarining atrof-muhitni muhofaza qilishning holati to‘g‘risidagi hisobotini eshitish haqida;

🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgaritish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

🔺 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish yuzasidan 2026-yil II chorak davomida amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2026-2027 o‘quv yili uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida;

🔺 Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 101-son kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatini qayta tashkil etish to‘g‘risida;

🔺 Qonunchilik hujjatlari, hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va loyihalarning bajarilishida 2026-yil I yarim yilligida ijro intizomiga rioya etilishi holati yuzasidan Toshkent shahar hokimi Devoni rahbarining axboroti to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2026-yildagi qo‘shimcha
manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar

bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari deputatlar tomonidan sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1