35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Hududlarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🌱 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari M. Salimova va D. Azizbayevalar tomonidan Shahar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, to‘garaklar faoliyati hamda maktabdagi mavjud shart-sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlashilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

O‘rganish jarayonida maktabdagi ayrim musiqa asboblari va o‘quv jihozlarining eskirgani, ularni yangilash va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash zarurati mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan mazkur muammoni bartaraf etish, ta’lim jarayoni uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2