35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Hududlarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🌱 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va "Yettilik" ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari D. Djumboyeva va N. Alimovalar tomonidan Shahar Energetika texnikumining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarligi, isitish tizimlarining texnik holati, mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida texnikumning isitish tizimida foydalanilayotgan qozonlarning texnik holati talab darajasida emasligi hamda ularni yangilash zarurati mavjudligi aniqlandi. Mazkur qozonlarni zamonaviy va energiya tejamkor qozonlarga almashtirish, isitish tizimining barqaror va samarali ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish lozim.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchilikni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2