Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
📍 OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining **“Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”**gi Qonuni (483-I-son) ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan tumanning Shovot mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Do‘stlik” ko‘chasida faoliyat yuritayotgan savdo do‘konlari o‘rganildi.
🛒 O‘rganish davomida:
🔹 oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari;
🔹 yaroqlilik muddati va markirovkalari;
🔹 sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi;
🔹 iste’molchilarga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berilishi holatlari ko‘zdan kechirildi.
⚖️ Shuningdek, savdo shoxobchalari mas’ullariga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
🤝 Bunday o‘rganishlar aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4