Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tillokamar mahallasida faoliyat o‘rganildi

Tillokamar mahallasida faoliyat o‘rganildi

🚨 Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.Xaitov, kotibiyat mudiri Oʻ.Murodov va tumak kengashi deputatlari birgalikda Tillokamar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati o‘rganildi.

🚨O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🚨Ma’lumotlarga ko‘ra, Tillokamar mahallasida jami 1 515 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 336 ta xonadon va 445 ta oila mavjud.

🚨Mahalla raisi hamda “mahalla yettiligi” a’zolarining aholi bilan ishlash faoliyati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi ishlari o‘rganildi.

🚨O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla hududida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4