35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Hududlarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🌱 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va "Yettilik" ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
янв.21
📢 Charmgar MFYda aholi muammolari oʻrganilib, qonunchilik targʻiboti oʻtkazildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Xo'jayipok mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati tavsiyasiga muvofiq mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida joylarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani deputat M.Omonullayevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyat xodimi E.Eshonqulov tumandagi “Xo'jayipok'” mahallasiga tashrif buyurib, huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

✅Xususan, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish yuzasidan profilaktika inspektori, mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅Mas’ullar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish orqali jinoyatchilik omillarini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 2