35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Bahrom Abduxalimov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Bahrom Abduxalimov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Sergeli tumanining "Nog‘ayqo‘rg‘on" mahallasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Bahrom Abduhalimov saylovchilar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot taqdim etdi.

📝 Tadbirda Sergeli tumani hokimligi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi deputatlari, mahalla raislari, "mahalla yettiligi" vakillari, faollar hamda hudud aholisi ishtirok etdi.

🗣 Hisobot davomida deputat Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi hamda 2 ta doimiy komissiyasi yig‘ilishlarida faol ishtirok etgani, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surgani haqida ma’lumot berdi.

🤝 Hisobot davrida deputat tomonidan sayyor qabullar va ochiq uchrashuvlar muntazam tashkil etilib, 30 nafardan ortiq fuqaro bilan bevosita muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvlarda kelib tushgan 10 ga yaqin murojaat va taklif joyida o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan aniq amaliy choralar belgilandi.

📁 Shuningdek, fuqarolar murojaatlari asosida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga og‘zaki hamda yozma shaklda deputatlik so‘rovlari va murojaatlar yuborilib, ularning ijrosi doimiy deputatlik nazoratiga olindi. Natijada bir qator dolzarb masalalar ijobiy hal etildi.

📉 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, ichki yo‘llarda piyodalar uchun xavfsiz sharoit yaratish, piyodalar o‘tish joylariga svetoforlar o‘rnatish hamda aholi turmush sifatini oshirishga oid taklif va mulohazalar bildirildi. Deputat har bir murojaatni atroflicha tinglab, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdi.

🔺 Hisobotda ta’kidlanganidek, hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

✅ Yakunda saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, ularni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputat kelgusida ham aholi bilan doimiy muloqotni davom ettirish, mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish yo‘lida izchil faoliyat olib borishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6