35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan 6-Tog‘ saylov okrugi hududida mavjud infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib monitoring ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida hududdagi ichki ko‘cha yo‘llarining bugungi holati, ularning ta'mirtalab qismlari, ko‘chalarning tungi yoritilishi hamda mavjud yoritish tizimlarining ishlash holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bolalar maydonchalarining sanitariya va texnik holati, ulardagi o‘yin jihozlarining foydalanishga yaroqliligi ham o‘rganildi.

Monitoring jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklar tegishli tartibda qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bunday o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish hamda infratuzilmani yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5