Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrug tarkibidagi “Alisher Navoiy” mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyatini joyiga chiqqan holda nazorat-tahlil qildilar.

💬O‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni talablari asosida tashkil etildi. Unda ijtimoiy xodim tomonidan qonunda belgilangan vazifalar ijrosi, ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash tizimi hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Nazorat tadbiri davomida yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan fuqarolar hamda boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ehtiyojlarini aniqlash, individual ijtimoiy xizmat rejalari asosida olib borilayotgan ishlar, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlik hamda murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi.
Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolarni ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish, tibbiy, psixologik, huquqiy va maishiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya xizmatlariga yo‘naltirish, davlat tomonidan ajratilayotgan ijtimoiy yordam va imtiyozlardan foydalanishiga ko‘maklashish, ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tahlillar olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy vaziyat, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, davlat organlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qonun hujjatlari ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi – ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash hamda aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan islohotlarning joylardagi natijadorligini kuchaytirishdan iboratdir.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazorati bundan buyon ham tizimli ravishda davom ettirilib, har bir mahallada ehtiyojmand fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.