Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Qonunlar ijrosi o‘rganilmoqda

 ✅ “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi faoliyatiga oid (doimiy komissiyalar kesimida taqsimlangan 162 ta qonun bo‘yicha) qabul qilingan qonun va ijro hujjatlari yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasida o‘rganishlar ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganish ishlarida doimiy komissiya raisi Z.V. Maxkamova O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari Dilfuzaxon Nishonova, deputatlar Xasan Mamadaliyev, Nasibaxon Imomaliyeva ishtirok etdilar. 

✅ “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi o‘rganildi. 

O‘rganishlar davomida tuman Tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limida onalar va bolalarga yaratilgan sharoitlar, ularga berilayotgan e’tibor hamda zaruriy dori vositalari holati, shuningdek joriy yilning o‘tgan davrida onalar va bolalar o‘limining ortib ketishi sabablari tahlil qilindi. 

O‘ranish jarayonlari hududlardagi OShP va QVPlarda davom ettiriladi.  

 👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi 

   

Slide 1 of 1