Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
PQ-405-son qarori ijrosi: Pastdarg‘om tumanida faol nuroniylar ishtirokida amalga oshirilgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining 5-bandida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan faol nuroniylar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda tegishli rahbarlarning axborotlarini Xalq deputatlari tuman Kengashida muntazam eshitib borish tavsiya etilgan.

📊 Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Pastdarg‘om tumanida quyidagi amaliy ishlar amalga oshirildi:

👴 Faol nuroniylar safi shakllantirildi

✅ Tumandagi 100 ta mahalladan hayotiy tajribaga ega, obro‘-e’tiborli 300 nafar faol nuroniy qayta tanlab olinib, ular ro‘yxati shakllantirildi.

✅ 296 nafar faol nuroniyga 1 472 ta reyestrdagi oila biriktirilib, oilalar ehtiyojlarini o‘rganish ishlari davom ettiriladi.