35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 Charmgar MFYda aholi muammolari oʻrganilib, qonunchilik targʻiboti oʻtkazildi
янв.21
Tog‘li hududlardagi o‘rganishlar izchil davom etmoqda
янв.21
"Yosh Alangachi" oromgohida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
20-Alaquyliq saylov okrugi deputati D.Raxmonova saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
"XALQ BILAN BIRGA": ERTA TURMUSHNING OLDINI OLISH BORASIDA MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI DIQQAT MARKAZIDA: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Hududlarda fuqarolar salomatligi va tibbiy xizmat sifati e'tiborda!
янв.21
🤝 FUQAROLAR MUAMMOLARI OʻRGANILDI
янв.21
Tumani hokimi (12-Bashir saylov okrugi deputati) Rustam Gafurov boshchiligidagi ishchi guruh bugun tumanning "Panji" va "Qorabuloq" mahallalarida bo‘lib, mahalla faollari, ko‘chaboshilar hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
📍 Shovot tumanida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

🗓 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich boshchiligida 5-Beshmargan saylov okrugidan saylangan deputat Xolboyev Oybek Madaminovich va 11-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Dosova Gulxumar Kuranbayevna bilan hamkorlikda Beshmargan mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida:
✅ Mahalla yettiligining mehnat faoliyati;
✅ Xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlari;
✅ Tashkiliy-texnik vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi;
✅ Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
📌 Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan topshiriqlar, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud holatni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida deputatlar tomonidan muntazam olib borilmoqda.
🤝 Hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish va mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4