35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
"XALQ BILAN BIRGA": ERTA TURMUSHNING OLDINI OLISH BORASIDA MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI DIQQAT MARKAZIDA: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Hududlarda fuqarolar salomatligi va tibbiy xizmat sifati e'tiborda!
янв.21
🤝 FUQAROLAR MUAMMOLARI OʻRGANILDI
янв.21
Tumani hokimi (12-Bashir saylov okrugi deputati) Rustam Gafurov boshchiligidagi ishchi guruh bugun tumanning "Panji" va "Qorabuloq" mahallalarida bo‘lib, mahalla faollari, ko‘chaboshilar hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
🏥 Markaziy shifoxonaning Yuqumli kasalliklar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Erta turmush va uning salbiy oqibatlari — qizgʻin muhokama markazida
янв.21
⚡️ Bolajonlar uchun munosib sharoitlar — doimiy eʼtiborda!
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tumanning “Dumaloq” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli N.Axinovaning ish faoliyatini o‘rganib, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilalar mustahkamligini saqlash hamda huquqiy ongini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, joriy oy mobaynida xotin-qizlar faoli tomonidan muammoli oilalar bilan manzilli ishlash natijasida 3 ta oila yarashtirilib, ajrimning oldi olingan. Shuningdek, mahallada o‘tgan 6 oy davomida birorta ham ajrim holati qayd etilmagani amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar samaradorligini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, mahallaning “Ayollar daftari”ga jami 65 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, ularning ehtiyoj va muammolari toifalar kesimida tizimli ravishda o‘rganilmoqda. Bandlikni ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar natijasida 1-toifadagi xotin-qizlarning 3 nafari rasmiy ishga joylashtirilgan, 18 nafari esa norasmiy mehnat faoliyatini davom ettirmoqda. Shuningdek, 2-toifadagi 4 nafar xotin-qiz imtiyozli kreditlardan foydalanib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Sog‘liqni saqlash sohasida 4-toifadagi 15 nafar xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib, ular doimiy ravishda turli ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy tadbirlarga jalb etib kelinmoqda. 5-toifaga kiritilgan 20 nafar xotin-qiz bilan huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida tuman Ichki ishlar boshqarmasi hamda Adliya bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida huquqiy maslahat va tushuntirish suhbatlari tashkil etilgan.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini yanada oshirish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalar mustahkamligini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2