35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va "Yettilik" ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
янв.21
📢 Charmgar MFYda aholi muammolari oʻrganilib, qonunchilik targʻiboti oʻtkazildi
янв.21
Tog‘li hududlardagi o‘rganishlar izchil davom etmoqda
янв.21
"Yosh Alangachi" oromgohida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
20-Alaquyliq saylov okrugi deputati D.Raxmonova saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
"XALQ BILAN BIRGA": ERTA TURMUSHNING OLDINI OLISH BORASIDA MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI DIQQAT MARKAZIDA: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Hududlarda fuqarolar salomatligi va tibbiy xizmat sifati e'tiborda!
янв.21
🤝 FUQAROLAR MUAMMOLARI OʻRGANILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan Xo‘jaqiya-2 mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida mahalla ijtimoiy hodimi hamda mahalla hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash yuzasidan yaratilayotgan imkoniyatlar, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy yordam va ko‘mak mexanizmlarining amaldagi holati atroflicha tahlil qilindi.

📋 Shuningdek, mahallada "mahallabay" ishlash tizimi doirasida olib borilayotgan ishlar, ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash, bandlik dasturlarining ijrosi hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi faoliyat yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

✅ O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ular Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalani ko‘rib chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 3