35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 Charmgar MFYda aholi muammolari oʻrganilib, qonunchilik targʻiboti oʻtkazildi
янв.21
Tog‘li hududlardagi o‘rganishlar izchil davom etmoqda
янв.21
"Yosh Alangachi" oromgohida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
20-Alaquyliq saylov okrugi deputati D.Raxmonova saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
"XALQ BILAN BIRGA": ERTA TURMUSHNING OLDINI OLISH BORASIDA MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI DIQQAT MARKAZIDA: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Hududlarda fuqarolar salomatligi va tibbiy xizmat sifati e'tiborda!
янв.21
🤝 FUQAROLAR MUAMMOLARI OʻRGANILDI
янв.21
Tumani hokimi (12-Bashir saylov okrugi deputati) Rustam Gafurov boshchiligidagi ishchi guruh bugun tumanning "Panji" va "Qorabuloq" mahallalarida bo‘lib, mahalla faollari, ko‘chaboshilar hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
🔰Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

🔘Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan shahar Kengashining navbatdagi sessiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔻Kun tartibidagi masalalar:

🔸1. Shahar hokimi birinchi o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarorning Jizzax shahridagi ijrosi yuzasidan 2026-yilning 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda jizzax shahridagi og‘ir toifadagi Sayxon» mahallasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobotini eshitish.

🔸2. Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2026 yilning 2-choragi davomida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish,

🔸3. Shaharga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha 2026-yilning 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

🔸4. Shahar byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

🔸5. “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

🔹Yig‘ilish davomida, doimiy komissiya aʼzolari yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilish so‘ngida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

📲Bizga obuna bo‘ling: https://t.me/JizzaxshaharKengashi 

Slide 1 of 6