35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarda fuqarolar salomatligi va tibbiy xizmat sifati e'tiborda!
янв.21
🤝 FUQAROLAR MUAMMOLARI OʻRGANILDI
янв.21
Tumani hokimi (12-Bashir saylov okrugi deputati) Rustam Gafurov boshchiligidagi ishchi guruh bugun tumanning "Panji" va "Qorabuloq" mahallalarida bo‘lib, mahalla faollari, ko‘chaboshilar hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
🏥 Markaziy shifoxonaning Yuqumli kasalliklar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Erta turmush va uning salbiy oqibatlari — qizgʻin muhokama markazida
янв.21
⚡️ Bolajonlar uchun munosib sharoitlar — doimiy eʼtiborda!
янв.21
⚖️ Mahalla tizimidagi yangilanishlar: Qonun ustuvorligi va ijtimoiy ko‘mak
янв.21
⚡️ Tadbirkorlikda yashil energiya: Qonun ustuvorligi amalda
янв.21
“DOLZARB 90 KUN”: O‘QUVCHILAR UCHUN GEOLOGIYA BOG‘IGA SAYOHAT TASHKIL ETILMOQDA
🔰Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

🔘Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi tomonidan shahar Kengashining navbatdagi sessiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔻Kun tartibidagi masala:

🔸1. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Jizzax shahridagi ijrosining 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlari to‘g‘risida Jizzax shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy va maʼrifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining hisobotini eshitish.

🔸2. Shaharda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisobotini eshitish.

🔹Yig‘ilish davomida, doimiy komissiya aʼzolari yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilish so‘ngida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

📲Bizga obuna bo‘ling: https://t.me/JizzaxshaharKengashi 

Slide 1 of 5