35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Hududlarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🌱 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va "Yettilik" ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
янв.21
📢 Charmgar MFYda aholi muammolari oʻrganilib, qonunchilik targʻiboti oʻtkazildi
янв.21
Tog‘li hududlardagi o‘rganishlar izchil davom etmoqda
Deputat tomonidan qonun ijrosini o‘rganish jarayoni tashkillashtirildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Komilov tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida deputat A.Ahmedovning qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borish jarayoni samarali tashkil etildi.

📋 O‘rganish davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijrosi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, jamoat salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Shuningdek, Kengash kotibiyati tomonidan o‘rganish jarayonini sifatli tashkil etish va deputatlik nazoratining samaradorligini ta’minlash yuzasidan zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi.

🤝 Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali ta’minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.