Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Erta turmush va uning salbiy oqibatlari — qizgʻin muhokama markazida
янв.21
⚡️ Bolajonlar uchun munosib sharoitlar — doimiy eʼtiborda!
янв.21
⚖️ Mahalla tizimidagi yangilanishlar: Qonun ustuvorligi va ijtimoiy ko‘mak
янв.21
⚡️ Tadbirkorlikda yashil energiya: Qonun ustuvorligi amalda
янв.21
“DOLZARB 90 KUN”: O‘QUVCHILAR UCHUN GEOLOGIYA BOG‘IGA SAYOHAT TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA YERDAN SAMARALI FOYDALANISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Kitob tumanida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda
янв.21
Aholi farovonligi va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
📌 Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda: “Hamid Olimjon” MFYdagi ishlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
“QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDAGI TRANSFORMATOR PODSTANSIYALARINING HOLATI O‘RGANILDI👇👇👇




Doimiy komissiya a’zolari, tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari, mahalla faollari hamda mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

⚡️O‘rganish davomida transformator podstansiyalarining texnik sozligi, mavjud uskunalarning xavfsiz ekspluatatsiyasi, elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklama, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash holati hamda favqulodda nosozliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

📊Shuningdek, yoz mavsumida elektr ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, avariya holatlarining oldini olish, transformator podstansiyalarini muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

✍️O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan elektr ta’minoti obyektlarining ishonchli faoliyatini ta’minlash, aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ushbu masala doimiy komissiyaning deputatlik nazoratida bo‘lishi belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4