Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Erta turmush va uning salbiy oqibatlari — qizgʻin muhokama markazida
янв.21
⚡️ Bolajonlar uchun munosib sharoitlar — doimiy eʼtiborda!
янв.21
⚖️ Mahalla tizimidagi yangilanishlar: Qonun ustuvorligi va ijtimoiy ko‘mak
янв.21
⚡️ Tadbirkorlikda yashil energiya: Qonun ustuvorligi amalda
янв.21
“DOLZARB 90 KUN”: O‘QUVCHILAR UCHUN GEOLOGIYA BOG‘IGA SAYOHAT TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA YERDAN SAMARALI FOYDALANISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Kitob tumanida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda
янв.21
Aholi farovonligi va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
📌 Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda: “Hamid Olimjon” MFYdagi ishlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
Korrupsiyasiz soha: "Termiz shahargaz" gaz ta'minoti bo‘limida ochiqlik siyosati va murojaatlar bilan ishlash tizimi deputatlik nazoratida!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida “Termiz shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

💬Mas’ullar tomonidan muassasaning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati amaldagi qonunchilik talablari asosida tahliliy va tanqidiy ko‘rib chiqildi.

💬O‘rganish davomida asosiy e’tibor sohadagi muhim ikki qonun talablarining "Termiz shahargaz" gaz ta’minoti bo‘limidagi amaliy ijrosiga qaratildi:

▶️O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-sonli Qonuniga asosan bo‘limda ochiqlik siyosati qanchalik yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganildi:

🟢Raqamlashtirish va inson omili: Iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, gaz hisoblagichlarini o‘rnatish va qiyoslovdan o‘tkazish jarayonlarining to‘liq raqamlashtirilganligi hamda inson omilining kamaytirilganligi;

🟢Manfaatlar to‘qnashuvi: Bo‘lim xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shartnomalar tuzishda shaffoflikni ta’minlash va "komplayens-nazorat" tizimining samaradorligi tahlil qilindi.

▶️O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli Qonuniga muvofiq, gaz ta’minoti bo‘yicha kelib tushayotgan arizalarni ko‘rib chiqish tizimi baholandi:

🟢Murojaatlarning o‘z vaqtida hal etilishi: Gaz bosimining pastligi, gaz tarmoqlaridagi nosozliklar va asossiz qarzdorliklar bo‘yicha aholidan kelib tushayotgan shikoyatlarning qonuniy muddatlarda va sifatli ko‘rib chiqilishi;

🟢Sayyor va shaxsiy qabullar: Bo‘lim rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida fuqarolarni qabul qilish hamda muammolarni bevosita joyida hal etish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi.

💬“Har bir iste’molchi o‘z to‘lovlarining haqqoniyligini, gaz ta’minotidagi muammolarning tezkor va ta’magirliksiz hal etilishini talab qilishga haqli. “Termiz shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatiga bepisandlik bilan qarash yoki asossiz qarzdorliklar yozish kabi holatlarga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun talablari ijrosi ustidan nazoratimiz qat’iy davom etadi," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

🫥O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlikni yanada oshirish hamda shahar aholisiga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatish yuzasidan bo‘lim rahbariyatiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 2