35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
"XALQ BILAN BIRGA": ERTA TURMUSHNING OLDINI OLISH BORASIDA MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI DIQQAT MARKAZIDA: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Hududlarda fuqarolar salomatligi va tibbiy xizmat sifati e'tiborda!
янв.21
🤝 FUQAROLAR MUAMMOLARI OʻRGANILDI
янв.21
Tumani hokimi (12-Bashir saylov okrugi deputati) Rustam Gafurov boshchiligidagi ishchi guruh bugun tumanning "Panji" va "Qorabuloq" mahallalarida bo‘lib, mahalla faollari, ko‘chaboshilar hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
🏥 Markaziy shifoxonaning Yuqumli kasalliklar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Erta turmush va uning salbiy oqibatlari — qizgʻin muhokama markazida
янв.21
⚡️ Bolajonlar uchun munosib sharoitlar — doimiy eʼtiborda!
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira hududiga qarashli Novshahar mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati, murojaatlarni qabul qilish va ularning ijrosini ta’minlash, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlik, ijtimoiy xizmatlarning manzilli tashkil etilishi hamda yuritilayotgan hujjatlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2