35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Hududlarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🌱 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va "Yettilik" ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
Binokor mahallasi hududidagi bino holati o‘rganildi

Binokor mahallasi hududidagi bino holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahar Binokor mahallasi hududida joylashgan bino va unga tutash hududning holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida binoning tashqi ko‘rinishi, hududning obodonlashtirilganlik darajasi, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud infratuzilmaning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududda aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish va mavjud infratuzilmani yaxshilash yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan hududlarni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati doirasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2